Dunyodagi eng yirik futbol stadioni qurilishi boshlandi

Sport

image

Vetnamda dunyodagi eng katta futbol stadioni bo‘lishi kutilayotgan inshoot qurilishi rasman boshlandi. Bu haqda “Sports Gully” nashri xabar berdi.

“Trong Dong” stadioni deb nomlangan arena 135 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Stadion poytaxt Xanoy yaqinida yirik sport va shaharsozlik majmuasi loyihasi doirasida barpo etilmoqda. Qurilish ishlari 2028 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshsa, yangi arena sig‘imi bo‘yicha Shimoliy Koreya va Hindistondagi eng yirik stadionlarni ham ortda qoldiradi.

Majmua zamonaviy infratuzilmani o‘z ichiga olgan yopiladigan tom konstruksiyasi, ko‘p funksiyali maydon hamda nafaqat futbol uchrashuvlari, balki konsertlar, xalqaro turnirlar va yirik madaniy tadbirlarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Stadion nomi Vetnam milliy merosining ramzi hisoblangan qadimiy bronza barabanlariga ishora qiladi. Rasmiylar yangi arena mamlakatning global sport xaritasidagi mavqeini mustahkamlashiga hamda Osiyo va jahon miqyosidagi yirik musobaqalarni qabul qilishiga xizmat qilishiga umid bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ham Yangi Toshkent hududida yirik sport inshooti – 55 ming o‘rinli zamonaviy futbol stadioni qurilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

V'etnam stadion “Trong Dong”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing