Eron AQSH bilan kelishuv uchun 5 ta shart qo‘ydi

Olam

image

Eron AQSHning mojaroni tugatish bo‘yicha takliflarini qabul qilmadi va o‘z shartlarini ilgari surdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, Press TV telekanali xabar berdi.

“Tehron urushni o‘zi xohlagan vaqtda va shartlari bajarilgan taqdirdagina to‘xtatadi”, deyiladi xabarda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Eron quyidagilarni talab qilmoqda:

  • Yaqin Sharqdagi “barcha frontlarda va barcha qarshilik guruhlari uchun” mojaroni yakunlash;
  • Urush takrorlanishining oldini olish uchun aniq mexanizmlarni ishlab chiqish;
  • Islom Respublikasiga yetkazilgan zarar uchun to‘lovlarning muayyan miqdorini kafolatlash;
  • Tehronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan hukmronligini tan olish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The New York Times” gazetasi ismi oshkor etilmagan mulozimlarga tayanib, AQSH Eronga 15 banddan iborat reja topshirganini xabar qilgandi. Ular orasida Tehronning yadroviy dasturdan va boshqa mamlakatlardagi proksi-guruhlarni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi, Hormuz bo‘g‘ozini ochishi hamda raketalar soni va uchish masofasini cheklashi kabi talablar bor. Buning evaziga Vashington sanksiyalarni bekor qilishni va tinch maqsadlardagi atom energiyasini, xususan, “Busher” AESni rivojlantirishda yordam berishni taklif qilmoqda.

23 mart kuni Donald Tramp tomonlar go‘yoki sulhga kelishib olganini, shu sababli u Eron energetika ob’ektlariga hujumlarni besh kunga to‘xtatishni buyurganini ma’lum qildi. Tehron esa hech qanday muzokaralar bo‘lmaganini aytmoqda. Mamlakat parlamenti raisi Muhammad Bog‘ir G‘olibafning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti bozorlarni manipulyatsiya qilish uchun feyk (yolg‘on) xabarlar tarqatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron mojaro urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing