Eron Fors ko‘rfazi va Hormuzni boshqarish niyatida – Xomanaiy

Olam

image

Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy Tehron Hormuz bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazini boshqarishda davom etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 30 aprel kuni Fors ko‘rfazi kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.

Bildirilishicha, Eron dengiz yo‘llari xavfsizligini AQSH ishtirokisiz ta’minlashga tayyorlanmoqda. 

“Eron Hormuz bo‘g‘ozini boshqarishning amaliy imkoniyatlari hisobiga Fors ko‘rfazi mintaqasi xavfsizligini ta’minlash va dushmanning suiiste’molliklariga chek qo‘yish niyatida”, deydi Xomanaiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ishtirokisiz Fors ko‘rfazi mintaqasini porloq kelajak kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vaziri yordamchisi Juls Xerst Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi harbiy operatsiya uchun 25 milliard dollar sarflaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Tramp Eronning neft quvurlari portlashni boshlashiga atigi uch kun qolganini aytgandi. Bundan tashqari, u Amerika muzokarachilari Eron vakillari bilan uchrashish uchun endi Islomobodga uchmasligini e’lon qildi. Trampning ushbu bayonotlaridan so‘ng neft narxi so‘nggi to‘rt yillikdagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Fors ko'rfazi Hormuz Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing