Eron urushni tugatishga tayyor, ammo bir shart bilan

Olam

image

Eron AQSH va Isroil bilan urushni tugatishga tayyor, biroq bu faqat Eron qo‘ygan shartlar bajarilgandagina amalga oshiriladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Eron urushni faqat bitta shart bilan yakunlaydi, ya’ni mamlakatga qarshi hujumlar to‘xtatilishi kerak.

Pezeshkiyonning ta’kidlashicha, AQSH va Isroilning harbiy harakatlari xalqaro huquqni buzuvchi misli ko‘rilmagan jinoyatdir. U shuningdek, hujumlardan oldin Eron muzokaralarni halol olib borganini aytgan.

Eron Prezidentining bildirishicha, AQSH harbiy bazalari joylashgan davlatlar bu bazalardan Eronga qarshi hujumlar uyushtirilishining oldini ololmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroni tugatishning yagona yo‘li – agressiyani to‘xtatish. Agar xavfsizlik kafolatlari berilsa, Eron urushni yakunlashga tayyor.

Shuningdek, Eron vakillari Yevropa davlatlarini hozirgi yondashuvdan voz kechib, xalqaro huquq asosida professional hamkorlik qilishga chaqirgan.

Mart oyida AQSH 15 banddan iborat tinchlik rejasini taqdim etgan, biroq Tehron uni “bir tomonlama va adolatsiz” deb baholagan.

Eron o‘z javobida quyidagi talablarni qo‘ygan:

  • agressiyani to‘xtatish;
  • urush takrorlanmasligini ta’minlaydigan sharoit yaratish;
  • yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lash;
  • mintaqadagi barcha yo‘nalishlarda harbiy harakatlarni to‘xtatish.

Shuningdek, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi davlatlar o‘rtasida xabar almashinuvi borligini tasdiqlagan, ammo buni rasmiy muzokara deb atashdan bosh tortgan. Unga ko‘ra, u AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoffdan xabarlar olayotgan bo‘lsa-da, bu hali muzokaralar olib borilayotganini anglatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Eron bilan bog‘liq harbiy operatsiya yaqin haftalarda yakunlanishini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, AQSH o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishgan va operatsiya yana taxminan 2–3 hafta davom etadi, shundan so‘ng AQSH kuchlari hududni tark etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing