Fayzullayev JCHning eng tezkor futbolchisi bo‘lib turibdi
Sport
−
19 iyun 11389 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi Jahon chempionatida hozirga qadar qayd etilgan eng yuqori tezlik sohibi bo‘ldi. Bu haqida “Sofascore” portali xabar berdi.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi turnir davomida soatiga 36,0 kilometr tezlikka erishgan. Bu ko‘rsatkich hozircha Jahon chempionati ishtirokchilari orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Fayzullayevdan keyingi natija Xorvatiya terma jamoasining himoyachisi Yosip Stanishichga tegishli. U dastlabki tur bahsida 35,9 kilometr tezlik qayd etgan. Ushbu ro‘yxatda 3-o‘rinni soatiga 35,8 kilometr tezlik bilan Kot-d’Ivuarlik himoyachi Vilfrid Singo egallagan.
Fayzullayev mazkur natijani O‘zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi bahsida qayd etgan. Uchrashuv davomida yarim himoyachi bir necha bor yuqori tezlikda harakat qilib, raqib himoyachilari uchun jiddiy muammolar tug‘dirgan edi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk goliga ham mualliflik qildi.
Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Live
Barchasi