Fillipinda supertayfun sabab 30 mln kishining hayoti xavf ostida qoldi (video)

Olam

image

Filippinga 230 km/soat tezlikda yaqinlashayotgan navbatdagi supertayfun tufayli qariyb 30 million kishining hayoti xavf ostida qoldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yuqori darajali xavf sababli allaqachon bir millionga yaqin odam evakuatsiya qilingan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, “Fung-Vong” nomli supertayfun sabab mamlakat bo‘ylab 916 ming 863 kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, “Fung-Vong”ning radiusi shu qadar katta-ki, u butun mamlakat hududini qamrab olishi mumkin. Milliy meteorologiya xizmati shamol tezligi 230 km/soatga yetayotgani haqida ogohlantirgan. Nashrning yozishicha, Filippin Prezidenti Ferdinand Markos kichik mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan. Bir necha hududlarda elektr uzib qo‘yilgan, bandargohlar va maktablar yopilgan.

Fuqarolik mudofaasi agentligi aholini ogohlantirib, “Fung-Vong” sabab 30 milliondan ortiq odam xavfga duch kelishi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kalmaegi” tayfuni oqibatida Filippinning markaziy qismiga jiddiy zarar yetgandi. O‘sha paytda kamida 140 kishi halok bo‘lgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

supertayfun Fillipin Fung-Vong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing