Futbolchilardan AQSH vizasi uchun depozit talab qilinishi mumkin

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida ayrim mamlakatlar muxlislari va futbolchilari AQSHga kirish uchun sayyohlik vizasini olishda 15 ming dollar miqdorida depozit to‘lashi talab qilinishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 50 ta davlat fuqarolariga nisbatan viza cheklovlari qo‘llaniladi. Ularning beshtasi – Jazoir, Kabo-Verde, Senegal, Kot-d’Ivuar va Tunis – allaqachon 2026 yilgi mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va AQSHda o‘tkaziladigan guruh bosqichida ishtirok etadi.

Dasturda FIFA Jahon chempionati kabi yirik sport tadbirlari ishtirokchilari uchun alohida istisnolar qo‘llaniladimi yoki yo‘qmi hozircha aniq emas. AQSH Davlat departamenti vakilining ta’kidlashicha, barcha ariza beruvchilarga bir xil tartib qo‘llaniladi. Agar viza muddati tugashidan oldin mamlakat tark etilsa, to‘langan depozit qaytariladi. Shu bilan birga, har bir viza arizasi alohida tartibda ko‘rib chiqilishi qayd etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning Immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik vazirligi 2026 yilgi Jahon chempionati munosabati bilan mamlakatga kirish uchun topshirilayotgan viza arizalarini yanada qat’iy ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza Futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing