Germaniyada ishsizlik darajasi rekord darajaga yetdi

Olam

image

Germaniyada ishsizlik darajasi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda kecha, 30 yanvar kuni Germaniya Federal bandlik agentligi o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning yanvar oyida Germaniyada ishsizlar soni 3 million kishidan oshgan. Bu ko‘rsatkich 2025 yil dekabriga nisbatan 177 ming kishiga ko‘p.

Agentlik raisi Andrea Nalesning aytishicha, yil boshida mavsumiy sabablar tufayli ishsizlik darajasi sezilarli darajada oshgan va yana 3 million chegarasidan yuqoriga chiqqan. U 2026 yil boshida Germaniya mehnat bozori past faollik bilan tavsiflanayotgani, ishsizlikning keskin o‘sishi asosan mavsumiy omillar bilan bog‘liq ekanini tushuntirgan. Shuningdek, ish qidirayotgan barcha odamlar uchun vaziyat hanuz murakkabligicha qolayotganini ta’kidlagan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bandlik xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘sh ish o‘rinlari soni 598 mingtagacha kamaygan. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 34 mingtaga kam. Ishsizlik darajasi dekabr oyiga qaraganda 0,4 foiz punktga oshib, 6,6 foizga yetgan. Mutaxassislar ayniqsa yoshlarga e’tibor qaratgan: 2026 yil yanvar oyida taxminan 41 ming nafar universitet va kollej talabalari amaliyot va ish topa olmagan.

Ekspertlar ishsizlikning o‘sishini Germaniya iqtisodiyotidagi umumiy sekinlashuv va ayrim tarmoqlarda mavsumiy ravishda ish o‘rinlarining qisqarishi bilan bog‘lamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya ishsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing