Indoneziyada 900 odam halok bo‘lgan fojiaga daraxt kesilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda

Olam

image

Indoneziyaning Ache provinsiyasidagi Karang Baru shahrida kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan vayronkor toshqinlar oqibatida hududlarda harakatlanish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi. Suv toshqinlari oqibatida 900 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sumatra orolidagi uchta provinsiyada sodir bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 908 kishiga yetgan, yana 410 kishi bedarak yo‘qolgan. Bo‘ron tizimlari Tailand va Malayziya janubida ham qariyb 200 kishining umriga zomin bo‘lgan. 

Mahalliy hokimiyat Jakarta hukumatini qo‘shimcha mablag‘ ajratish uchun “Milliy favqulodda holat” e’lon qilishga chaqirmoqda. Biroq Prezident Prabovo Subianto hafta boshida vaziyat yaxshilanganini va hozirgi choralar yetarli ekanini bildirgan. 

Ekologik tashkilotlar vayronkor toshqinlarga mintaqadagi o‘rmonlarning katta miqyosda kesilishi, noqonuniy tog‘-kon ishlari va infratuzilma qurilishlari ham sabab bo‘lganini aytmoqda. 

Indoneziya Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi toshqin zararini kuchaytirganlikda gumon qilingan bir nechta kompaniyalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatganini bildirdi. Ularga ekologik audit o‘tkazish majburiyati yuklandi.

Mamlakatning eng katta yashil hududlarini yo‘q qilgan kompaniyalardan biri deb North Sumatra Hydro Energy – Batang Torudagi Xitoy tomonidan moliyalashtirilgan 510 MVt quvvatli GES korxonasi hamda Agincourt Resources – xuddi shu mintaqadagi Martabe oltin koni gumonlanmoqda. 

Havodan o‘tkazilgan tekshiruvlarda Batang Toruda katta hududlarda daraxtlar kesilgani, bu esa suv oqimini keskin tezlashtirib, toshqin kuchini oshirgani aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xavosining ifloslanishiga shahardagi daraxtlarning kesilishi asosiy omil sifatida keltirilgandi. Shu bilan bir teng vaqtda Qozog‘istonda xam daraxtlarning kesilishi qoralangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya Karang Baru

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing