Ispaniya JCH oldidan Peruni mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
09 iyun 789 1 daqiqa
Bugun, 9 iyun kuni Ispaniya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Unda ispanlar Peru terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Meksikaning Puebla shahrida bo‘lib o‘tgan bahs Ispaniyaning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ispanlar safida 2-daqiqada Mikel Oyarsabal, 32-daqiqada Pedri gol urgan bo‘lsa, yana bir gol Peru darvozaboni Pedro Galese tomonidan 53-daqiqada o‘z darvozasiga kiritildi. Peru terma jamoasining yagona goliga esa, Xayro Veles 66-daqiqada mualliflik qildi.
2010 yildagi jahon chempioni va amaldagi Yevropa chempioni hisoblangan Ispaniya terma jamoasi musobaqaning “H” guruhidan o‘rin olgan. Ispanlar guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Peru terma jamoasi esa, saralash bosqichidan o‘ta olmagani sababli Jahon chempionatida ishtirok etmaydi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi