Qashqadaryoda cho‘milishga borgan ayollar cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida cho‘milish uchun daryoga borgan 61 yoshli ikki ayol cho‘kib ketdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida 1964 yilda tug‘ilgan ikki ayol dam olish uchun dala hovliga borgan.

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ularning o‘limi yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘z uyida qarovsiz qoldirilgan 7 nafar bola hovuzga cho‘kib ketgani, ulardan 2 nafari vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Oqdaryoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing