Qozog‘istonda qimor o‘ynagan mansabdorlar ishdan olindi
Olam
−
12 iyul 7901 1 daqiqa
Qozog‘istonning Uralsk shahrida qimor o‘yinlarida qatnashgani uchun 24 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, ulardan 16 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda G‘arbiy Qozog‘iston prokuraturasi ma’lum qildi.
Gap shahar hokimligi, davlat daromadlari boshqarmasi va militsiya xodimlari haqida ketmoqda. Ular bukmekerlar orqali, jumladan, taqiqdan keyin ham pul tikishgan.
“2024 yil 9 sentyabrdan boshlab davlat xizmatchilarining qimor o‘yinlari va pul tikishda, shu jumladan onlayn rejimda ishtirok etishi korrupsiyaga qarshi cheklovlarni buzish sifatida tasniflanadi. Ular ko‘rib chiqilib, 24 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, ulardan 16 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, deyiladi prokuratura bayonotida.
Hokimlik xodimlaridan biri o‘zining o‘yin hisobini 34 million tengedan ko‘proqqa to‘ldirgan. Taqiqdan keyin u yana 1,7 million hissa qo‘shib, 971 ming tenge yo‘qotgan. U ishdan bo‘shatilgan.
Live
Barchasi