Qozog‘istonda o‘qituvchilarga 200 mingta ChatGPT litsenziyasi beriladi
Olam
−
11 mart 1807 1 daqiqa
Qozog‘iston Ta’lim vazirligi mamlakat o‘qituvchilariga ChatGPT edu tizimidan foydalanish uchun litsenziyalar ajratmoqda. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Dastlab 100 mingta litsenziya taqdim etiladi, 2026 yil oxirigacha esa yana 100 ming nafar o‘qituvchi ushbu imkoniyatga ega bo‘ladi. Ajratilgan litsenziyalar ta’lim bosqichlari bo‘yicha taqsimlanadi. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 5 mingta, maktablar uchun 85 mingta va kollejlar uchun 10 mingta litsenziya ajratiladi.
Loyiha doirasida o‘qituvchilar sun’iy intellekt yordamida dars rejalari tuzishi, topshiriq va testlar yaratishi hamda o‘quv materiallarini turli yoshdagi o‘quvchilar uchun uch tilda moslashtirishi mumkin bo‘ladi.
Ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ChatGPT dars jarayonida murakkab mavzularni sodda tushuntirish, real hayot misollarini keltirish, shuningdek, darslarni muhokama va tadqiqotlarga yo‘naltirishda yordam beradi.
Shuningdek, tizim o‘qituvchilarga baholash mezonlarini ishlab chiqish, o‘quvchilar ishlarini tekshirish va individual fikr-mulohazalar berishda ham ko‘maklashadi.
Mazkur loyiha ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar ish yuklamasini kamaytirish va o‘quvchilarning tadqiqot salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Ta’lim vaziri Yulduz Sulaymonova tizimdagi asosiy muammolardan biri – maktablarda keksa o‘qituvchilar bilan bog‘liq ekanini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi