Qrimda samolyot qulab tushdi. O‘nlab qurbonlar bor
Olam
−
01 aprel 5882 1 daqiqa
Kecha, 31 mart kuni Qrimda Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli An 26 harbiy samolyot qoyaga urilib, qulab tushdi. Oqibatda 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, An-26 samolyoti Qrim ustidan rejalashtirilgan parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Qoyaga borib urilgach, samolyot bilan aloqa Moskva vaqti bilan taxminan soat 18:00 atrofida uzilgan.
Qidiruv-qutqaruv guruhining xabariga ko‘ra, samolyotdagi barcha: 6 nafar ekipaj a’zosi va bortdagi 23 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, samolyotga tashqi hujum yoki zarba bo‘lmagan. Hodisaning dastlabki sababi sifatida texnik nosozlik deya ko‘rilmoqda. Ayni paytda voqea joyida maxsus komissiya ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar-Turkiya qo‘shma qo‘mondonligi tarkibida o‘quv faoliyatini olib borayotgan Qatar Qurolli kuchlariga tegishli vertolyot qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgandi.