Koinotdagi eng “ochko‘z” qora tuynuklarning “yemishi” tugamoqda – tadqiqot

Bu qiziq

image

8000 ta koinot “maxluqlari” ustida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, koinotdagi eng “ochko‘z” qora tuynuklar “ozuqa” yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda. Bu haqda “LiveScience” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘p yillar davomida astronomlarni bir savol qiynab kelardi: nima uchun koinotdagi eng katta qora tuynuklar so‘nggi 10 milliard yil ichida sekinroq o‘sgan? Endilikda yangi tadqiqot ushbu astrofizik jumboqqa ehtimoliy yechim taklif qilmoqda: ularga gaz yetishmayapti.

O‘ta bahaybat qora tuynuklar (O‘BQT) ulkan gravitatsion “yutish” qobiliyatiga ega bo‘lib, bu ularga Katta portlashdan keyingi dastlabki bir necha milliard yil ichida hayratlanarli darajada tez sur’atlar bilan Quyosh massasidan millionlab yoki milliardlab marta kattaroq massagacha o‘sish imkonini bergan. Biroq Koinot hozirgi yoshining to‘rtdan bir qismidan kamroq bo‘lgan “kosmik tush” (cosmic noon) deb ataladigan davrdan boshlab, O‘BQTning o‘sishi sekinlashdi.

Shuningdek, Bryussel universiteti va Massachusets texnologiya instituti (MIT) olimlari Koinotda modda qanday paydo bo‘lganligi haqida yangi gipotezani ilgari surmoqda. Ularning fikricha, Katta portlashdan keyingi ilk lahzalarda mikroskopik qora tuynuklarning portlashi asosiy rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Gap “birlamchi qora tuynuklar” – Koinot tug‘ilishining dastlabki lahzalarida plazmaning o‘ta zich joylaridan hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinadigan gipotetik ob’ektlar haqida ketmoqda. Yulduzlar portlashi natijasida hosil bo‘ladigan qora tuynuklardan farqli o‘laroq, birlamchi qora tuynuklar turli xil o‘lchamlarga ega, hatto mikroskopik bo‘lishi ham mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar shakli limonga o‘xshash juda noodatiy ekzosayyorani kashf qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

koinot qora tuynuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing