Kolumbiya Prezidenti ekvadorlik mavqedoshini sudga bermoqchi
Olam
−
20 aprel 1056 1 daqiqa
Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro tuhmat qilgani uchun ekvadorlik mavqedoshini Daniel Noboaga nisbatan jinoiy da’vo qo‘zg‘atish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 19 aprel kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Men Prezident Noboaga nisbatan tuhmatlari uchun jinoiy da’vo berishga qaror qildim”, deydi Petro.
Kolumbiya Prezidentining noroziligiga Ekvador Prezidentining 2025 yil may oyida Manta shahriga qilgan tashrifi haqidagi bayonotlari sabab bo‘lgan. Da’vo qilinishicha, Petro u yerda “Fito” laqabli narkobaron bilan uchrashgan bo‘lishi mumkin.
“Noboaning o‘zi, talab etilganidek, men taklif qilingan inauguratsiya kuni Mantaga borganimda, Ekvador armiyasi xavfsizligimni kechayu kunduz ta’minlashi haqida buyruq bergan edi. U menga nisbatan faqatgina siyosiy mahbus, Kolumbiya fuqarosi va Ekvador Respublikasining sobiq vitse-prezidenti Xorxe Glas uchun ozodlik talab qilganim sababli bepisandlik bilan munosabatda bo‘ldi”, deb yozdi Petro.
Uning ta’kidlashicha, unga hamrohlik qilganlarning barchasi, shuningdek, boshqa guvohlar tashrif doirasida u qayerlarda bo‘lgani, jumladan, o‘z kitobini yozish uchun to‘xtagan joylari haqida ko‘rsatma berishlari mumkin.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel