Laporta Yamal uchun rekord narx taklif qilinganini ma’lum qildi
Sport
−
10 mart 7994 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi prezidenti Joan Laporta “Pari Sen-Jermen” avvalroq yarim himoyachi Lamin Yamalni sotib olishga rekord narx taklif qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Laporta klub prezidenti lavozimi uchun bo‘lib o‘tgan debat davomida aytib o‘tdi.
“Men faxrlanadigan narsalardan biri shuki, PSJ Yamal uchun 250 million yevro taklif qilgan edi va biz bunga rad javobini berdik. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi”, deydi Laporta.
Shuningdek, Laportaning ta’kidlashicha, “Pari Sen-Jermen” tomonidan berilgan taklif taxminan ikki yil avval, Yamal 17 yoshda bo‘lgan paytida kelib tushgan.
Ma’lumot uchun, Lamin Yamal “Barcyelona” safida barcha musobaqalarda 142 ta uchrashuvda maydonga tushib, 44 ta gol urgan hamda 49 ta golli uzatmani amalga oshirgan.