Litsey labaratoriyasi kimyoviy tajriba paytida portlab ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 27 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahri Beylikduzu tumanidagi Yashar Ajar fan litseyining kimyo laboratoriyasida o‘tkazilgan tajriba paytida portlash yuz berdi. Bu haqda GZT xabar berdi.  

Keltirilishicha, Barish mahallasidagi litsey o‘quvchilari gazlarning reaksiyasiga oid tajriba qilayotgan paytda kichik miqyosdagi portlash sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida 4 nafar o‘quvchining yuz va qo‘llarida yengil jarohatlar hosil bo‘lgan.

Voqea joyiga politsiya, yong‘in-qutqaruv va tez tibbiy yordam xizmati yuborilgan. Yaralangan o‘quvchilardan 2 nafariga joyida muolaja qilingan, 2 nafari esa tez yordam bilan shifoxonaga yetkazilgan. O‘quvchilarning sog‘lig‘i yaxshi ekani ma’lum qilingan. Politsiya hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Mug‘la viloyatida talaba yotoqxonaning 6-qavatidan o‘zini tashlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Litsey labaratoriya kimyoviy tajriba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing