Maldivga asal oyiga borgan sayyohning oyog‘ini akula uzib oldi

Olam

image

Maldiv orolida sayohatga kelgan ispaniyalik Borha ismli sayyohga akula hujum qildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 31 yoshli sayyoh suvda turgan vaqtida unga akula hujum qilgan. Oqibatda jabrlanuvchi oyog‘ining tizzasidan pastki qismini uzib olgan. Borha zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Uning shikastlangan oyog‘i kesib tashlangan va qon quyilgan. Sayyohning ahvoli og‘irligi aytilmoqda. 

Habarga ko‘ra, u to‘ydan so‘ng asal oyini o‘tkazish uchun rafiqasi Anna bilan Maldivga kelgan. Ular sayyohlar guruhi bilan suv ekskursiyasiga chiqqan. Ekskursiya doirasida sayyohlarga okeanda cho‘milish taklif qilingan. Ushbu taklifdan so‘ng erkak cho‘milish istagida suvda turgan vaqtida ayanchli voqea sodir bo‘lgan. 

Erkakning rafiqasi sayyohlik kompaniyasini sudga bergan. Ayolning fikricha, turmush o‘rtog‘i kompaniya e’tiborsizligi qurboniga aylangan.

Ma’lumot uchun, ekskursiya baliqni qayta ishlash zavodi yaqinida o‘tkazilgan va u yerda ko‘plab akulalar suzib yurgan. Taxminlarga ko‘ra, zavod anchadan beri baliq chiqindilarini suvga tashlamagan va shu bois och akulalar Borhaga hujum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Rostov shahridagi sirkda tomosha vaqtida yo‘lbars tomoshabinlar tomon sakrab, to‘siqdan chiqqan edi. 

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

akula Mal'div asal oyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing