Malibu’da 10 yoshli qizaloqlarni bosib ketgan o‘smir haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Malibu-2’ning voyaga yetmagan haydovchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 yoshli qizaloq vafot etgani haqida xabar berilgandi. Avtomobilni 9-sinf o‘quvchisi boshqarganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘qon shahridagi 41-sonli maktabning 9-sinfida tahsil oluvchi yigit bobosiga tegishli Malibu-2 rusmli mashinani uning ruxsati bilan yuvib kelish maqsadida minib chiqqan. Tajribasiz yigit mashinani minib ketayotgan paytda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 23-sonli maktabning 3-sinfida tahsil oluvchi 10 yoshli uch nafar qizaloqlarni urib yuborgan. Ularning biri olgan tan jarohatlari tufayli, kasalxonada vafot etgan. Yana biri shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Z.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 14 may kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida mototsikl 15 yoshli qizni urib yuborgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona o'quvchi Malibu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing