Malida rossiyalik askarlar isyonchilar bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
28 aprel 6265 1 daqiqa
Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi “Afrika korpusi” harbiy xizmatchilari orasida Malidagi isyonchilar bilan to‘qnashuvdan keyin halok bo‘lganlar bor. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Georgiy Borisenkoga tayanib, RBK xabar berdi.
Borisenkoning so‘zlariga ko‘ra, isyonchilar tomonidan Malining Kidal shahri egallab olinishi katta muammo tug‘dirmoqda.
“Elchining xabarlariga ko‘ra, Bamakoning (Mali poytaxti) o‘zida kechagi holatga ko‘ra vaziyat tinch edi. Shunga qaramay, mamlakatning ba’zi hududlarida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda”, deydi Borisenko.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 25 aprel kuni “Jamoat Nusrat al-Islom val-Muslimin” (JNIM, “Al-Qoida” bilan aloqador) jangarilari tuareglarning FLA isyonchi guruhi jangchilari bilan birgalikda Malidagi harbiy va hukumat ob’ektlariga hujum qilgan. Hujum oqibatida Mudofaa vaziri Sadio Kamara halok bo‘lgan.
Live
Barchasi