MAR sudi sobiq prezidentni hibsga olishga order berdi

Olam

image

Markaziy Afrika Respublikasi maxsus jinoiy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Fransua Bozizeni hibsga olishga xalqaro order berdi. Bu haqda AFP xabar berdi.

Bozizening insoniyatga qarshi jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sud bayonotida aytilishicha, Bozizega qarshi uning jinoiy javobgarligini tasdiqlovchi jiddiy va izchil dalillar mavjud.

Maxsus jinoiy sud vakillari markaziy afrikalik va xalqaro sudyalardan iborat.

Ularning vazifalariga 2003 yilda Bozize davlat to‘ntarishi oqibatida hokimiyat tepasiga kelganidan beri sodir etilgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni tergov qilish va sudga tortish kiradi.

U 2013 yilgacha, musulmonlar guruhi “Seleka” tomonidan ag‘darilganiga qadar prezidentlik qilgan.

2023 yilning martigacha 77 yoshli sobiq prezident Chadda surgunda yashab, keyinchalik u yerdan Gvineya-Bisauga jo‘nab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Afrika Respublikasi Fransua Bozize

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar