Mbappe tanqidlar ostida qoldi

Sport

image

Ispaniya ommaviy axborot vositalarida “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappening jarohatdan keyingi o‘yini yuzasidan bahslar avj olmoqda. Bu haqida “Goal” nashri xabar berdi.

U tizzasidan olgan jarohatidan sog‘ayib “Real Madrid”ning “Malorka”ga qarshi o‘yinida asosiy tarkibda ishtirok etdi, ammo jamoa 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu esa “Barselona” bilan oradagi ochkolar farqini yettiga yetkazdi va Mbappega bosimni kuchaytirdi.

Taniqli jurnalist Xosep Pedrerol “El Chiringuito” dasturida bosh murabbiy Alvaro Arbeloani futbolchini yugurishda sustkashlik va himoyaviy vazifalarini bajarmasligi uchun keskin tanqid qilishga chaqirdi. Pedrerolning aytishicha, Mbappe ajoyib futbolchi, lekin u hali “Real Madrid”ning buyukligini va klub logotipi nimani anglatishini tushunayotgani yo‘q.

Shuningdek, “Marca” nashri Mbappe yo‘qligida jamoa ijobiy natijalarga erishganini qayd etgan, ammo mavsumning hal qiluvchi bosqichlarida uning gollari jamoaga zarurligini eslatgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Real Madrid” ertaga, 7 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi chorak final dastlabki o‘yini doirasida o‘z maydonida “Bavariya” bilan bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe yaqinda Fransiyaning FIFA kunlaridan o‘rin olgan Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida gol kiritgandi. Ushbu bellashuvda yevropaliklar 2:1 hisobida besh karra Jahon chempionlaridan ustun kelgandi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mbappe tanqidlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing