Metrodan foydalanuvchilar soni bo‘yicha rekord qayd etildi
Jamiyat
−
16 may 4968 1 daqiqa
Joriy yilning 8 may kuni Toshkent metropolitenidan kun davomida 1 mln 117 ming 61 nafar yo‘lovchi foydalandi. Natijada rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar qildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,5 foizga yuqori natijani tashkil etib, Toshkent metrosidan foydalanuvchi yo‘lovchilar oqimi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Jumladan, 2025 yil 8 may kuni metropoliten xizmatlaridan 986 916 nafar yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, 2026 yil 7 may kuni bu ko‘rsatkich 1 105 883 nafarga yetib, 12 foizlik o‘sish qayd etilgan. Shuningdek, 2025 yil 15 may kuni 953 220 nafar yo‘lovchi metro xizmatidan foydalangan bo‘lsa, 2026 yil 14 may kuni ushbu ko‘rsatkich 1 044 736 nafarga yetgan va 9,6 foizlik o‘sish kuzatilgan.
Qayd etilishicha, metropoliten xizmatlaridan eng ko‘p yo‘lovchilar haftaning payshanba va juma kunlari foydalanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishida yangi metro liniyasi qurilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi