Namanganda hokim yordamchisi 90 sotix yerni 4500 dollarga pulladi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Pop tumanida hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yerni 4500 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Pop tumanining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga kelgusida to‘yxona qurishi uchun olib berish va tegishli hujjatlarini tayyorlatib berish evaziga 2025 yilda 4500 AQSH dollari olgan.

Biroq, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi va’da qilingan ishni bitira olmagach, 4500 AQSH dollaridan 1 mln 200 ming so‘mni qaytarib berayotgan paytda DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Department xodimlari tomonidan ushlangan.

Ayni paytda hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida ekologiya xodimi ko‘p yillik daraxtlarni kesib tashlashga ruxsat berish evaziga 3 ming AQSH dollari olayotgan paytda ushlangani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

DXX Namangan hokim yordamchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing