NASA astronavtlari muddatidan avval Yerga qaytdi
Bu qiziq
−
15 yanvar 3294 1 daqiqa
Bugun, 15 yanvar tongida to‘rt nafar astronavt Xalqaro kosmik stansiyadan (ISS) muddatidan avval Yerga qaytdi. Stansiyada jami 7 nafar kosmonavt bo‘lgan. Bu haqida “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘rt nafar astronavtni olib kelgan SpaceX kapsulasi Kaliforniya sohillari yaqinidagi Tinch okeaniga qo‘ngan. Jarayon NASA va SpaceX tomonidan jonli efirda namoyish qilingan.
Kapsulada komandir – NASA astronavti Zena Kardman (38 yosh), amerikalik Mayk Fink (58 yosh), yaponiyalik Kimiya Yui (55 yosh) va rus kosmonavti Oleg Platonov (39 yosh) bo‘lgan.
NASA 8 yanvar kuni astronavtlardan birining sog‘lig‘ida jiddiy muammo yuzaga kelgani sababli uni zudlik bilan Yerga qaytarish zarurligini e’lon qilgan. Agentlik sog‘liq masalalarida maxfiylikni saqlashini bildirib, qaysi astronavt kasal bo‘lgani haqida aniq ma’lumot bermagan. Hozirda stansiyada NASA astronavti Kristofer Uilyams va ikki nafar rus kosmonavti faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, yana bir NASA Crew-12 jamoasi fevral oyida ISS’ga uchirilishi rejalashtirilmoqda.
Bu voqea NASA tarixiga ilk bor astronavtlardan biri jiddiy kasal bo‘lgani uchun butun missiya muddatidan oldin tugatilgani bilan yozildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikada 90 yoshli erkak fazoga uchirilgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral