NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi (fotoreportaj)

Olam

image

Avvalroq, 50 yildan so‘ng AQSH Milliy aeronavtika va kosmik ma’muriyati (NASA) to‘rt nafar astronavtni Oy atrofida parvoz qilish uchun yuborishga tayyorligi xabar qilingan edi. Joriy yilning 2 aprel kuni parvozini amalga oshirgan Artemis II kemasi ekipaji fazodan Yerning yangi suratlarini e’lon qildi. Bu haqda NASA xabar qildi.

Qayd etilishicha, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan parvozdan so‘ng kema taxminan 8 soatlik tanaffus bergan. Tanaffus ortidan Artemis II ekipaji kosmosdagi ikkinchi to‘liq ish kunini boshlagan.

NASAning ma’lum qilishicha, missiya boshqaruv markazi (Texas shtatidagi  Johnson Space Center) ekipajni uyg‘otish uchun musiqa qo‘yib eshittirgan.

Ekipaj uyg‘ongan paytda ular Yerdan taxminan 99 900 mil (160 ming km) uzoqlikda bo‘lib, Oyga 161 750 mil masofada yaqinlashayotgan bo‘lgan.

Oy kuzatuvi uchun tayyorgarlik

Missiya olimlari ekipaj Oy yonidan uchib o‘tadigan paytda ko‘rinadigan hududlarni tanlamoqda. 6 aprel kuni kema Oy atrofidan aylanib o‘tadi.

Shu paytda Quyosh, Oy va kosmik kema shunday joylashadiki, ekipaj Oyning orqa tomonini taxminan 20 foizini ko‘ra oladi.

Bu jarayonda Oy suratlarini olish boshlanadi va maxsus linzali kameralardan foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA Artemis II missiyasi orqali butun dunyo aholisi uchun o‘z ismlarini Oyga yuborish imkoniyatini taqdim etishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Er NASA Artemis II

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing