Pokistonda Yaqin Sharqdagi keskinlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Pokistonda Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan sammit o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda vazir “A Haber” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Pokiston, Saudiya Arabistoni, Misr va Turkiya vakillari AQSH va Isroil tomonidan Eronga qarshi davom etayotgan urushni tinch yo‘l bilan hal etish uchun uchrashuvni tayyorlashni muvofiqlashtirmoqda.

“Dastlab sammit Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, keyinchalik Islomobodga ko‘chirildi. Chunki hozirgi paytda pokistonlik rasmiylar o‘z mamlakatida qolishga majbur. Ehtimol, biz u yerda shu dam olish kunlari uchrashamiz”, degan vazir.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni, Misr va Turkiya Tashqi ishlar vazirlari joriy yil 29–30 mart kunlari Islomobodga tashrif buyuradi.

“Safar davomida Tashqi ishlar vazirlari qator masalalar, jumladan, mintaqadagi keskinlikni kamaytirish (deeskalatsiya) bo‘yicha sa’y-harakatlar yuzasidan chuqur muhokamalar olib boradilar”, deyiladi Pokiston TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar doirasida Turkiya bilan aloqalarni muvofiqlashtirayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Yaqin Sharq muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing