Prezident yordami tufayli qirg‘izistonlik bokschilar BAA vizalarini oldi
Sport
−
03 dekabr 2887 2 daqiqa
Boks bo‘yicha Qirg‘iz milliy terma jamoasining barcha a’zolari IBA Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga viza oldi. Bu borada Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti ma’muriyati ko‘rsatgan yordam hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bu haqda “Sport AKIpress” nashri xabar berdi.
Dastlab Qirg‘iziston terma jamoasining arizasiga 12 nafar sportchi kiritilgan bo‘lsa-da, ulardan atigi ikkitasi Omar Livaze (63,5 kg) va Almaz O‘rozbekov (67 kg), shuningdek bosh murabbiy Daniyar Tologonga viza berildi edi.
Joriy yilning 1 dekabr kuni kechqurun IBA prezidenti Umar Kremlyov Qirg‘iz hukumatidan sportchilarning viza jarayoniga ko‘maklashishni so‘ragan va oradan 1 kun o‘tib 2 dekabr oqshomida Davlat sport agentligi jamoaning barcha sportchilari vizaga ega bo‘lganini rasman ma’lum qilgan.
Qirg‘iziston terma jamoasi tarkibi:
Anvarjon Jojiyev (48 kg)
Mirlan Turkbay o‘g‘li (51 kg)
Sanjay Seydakmatov (54 kg)
Risbek Bektenov (60 kg)
Ixtiyor Nishonov (71 kg)
Sirgak Abdijapar o‘g‘li (75 kg)
Omurbek Bekjigit o‘g‘li (80 kg)
Erkin Adilbek o‘g‘li (86 kg)
Bakit Toktosun o‘g‘li (92 kg)
Mirzokir Koshaliyev (92+ kg).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasining 10 nafar a’zosi joriy yilning 3–13 dekabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan IBA jahon chempionatiga viza ololmaganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr