“Real Madrid” “Monako”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
21 yanvar 853 1 daqiqa
Kecha, 20 yanvar kuni UEFA Chempionlar ligasining yettinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Madridning “Real” jamoasi o‘z maydonida Fransiyaning “Monako” klubini 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning beshinchi daqiqasidayoq Kilian Mbappe hisobni ochdi. 26-daqiqaga kelib esa fransiyalik hujumchi dubl qayd etib, jamoasining ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Vinisiusning uzatmasidan so‘ng Franko Mastantuono hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Tilo Kererning avtogoli evaziga madridliklar ustunlikni yanada mustahkamladi. 63-daqiqada braziliyalik hujumchi Vinisius ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
72-daqiqada “Monako” safida Jordan Teze gol urib, hisobni qisqartirdi. Biroq, 80-daqiqada Jud Bellingemning goli uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Yakuniy hisob 6:1.
Shu tariqa, “Real Madrid” Chempionlar ligasidagi ochkolari sonini 15 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Monako” esa 9 ochko bilan yigirmanchi o‘rinda bormoqda.
Navbatdagi turda “Qirollik klubi” safarda “Benfika”ga qarshi maydonga tushadi. “Monako” esa o‘z uyida Turinning “Yuventus” jamoasini qabul qiladi.
Live
Barchasi