Rossiya NATOga hujum qilmaydi – Zaxarova

Olam

image

Rossiya NATO hujumi sodir bo‘lgan taqdirda barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga majbur bo‘ladi, biroq alyansning o‘ziga hujum qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Biz yana va yana takrorlaymiz, NATO davlatlariga hujum qilish rejalarimiz yo‘q. Ammo, shu bilan birga, alyans o‘z kontingentlarini Rossiya chegaralari yaqinida ko‘paytirayotgani fonida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur barcha choralar ko‘rilmoqda. Qisqacha aytganda, biz voqealarning har qanday rivojiga tayyormiz, shu bilan birga, doimo tinchlik, do‘stlik va teng huquqli hamkorlik tamoyillaridan kelib chiqamiz”, deydi Zaxarova.

Uning aytishicha, NATO mamlakatlari vakillarining bunday bayonotlari “o‘z aholisiga psixologik ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha rejalashtirilgan kampaniya bo‘layotgandek taassurot uyg‘otadi.

“Agar NATO strateglarida Rossiyaga hujum qilish kabi tentakona niyat paydo bo‘lsa, ular shubhasiz bilishlari kerakki, biz Rossiya rahbariyati muntazam aytib kelayotganidek, qo‘limizdagi barcha imkoniyatlar bilan javob beramiz”, deydi u.

Harbiy ekspert Vasiliy Dandikinning so‘zlariga ko‘ra, agar Kaliningrad viloyati to‘liq blokadaga olinsa, Rossiya Yevropa bilan urushga kiradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich “Pink” telekanali efirida Yevropadagi barcha davlatlar Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanayotganini aytgan edi. U bu so‘zlarni Fransiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari general Faben Mandonning “fransuz armiyasi uch-to‘rt yil ichida Rossiya bilan to‘qnashuvga tayyor bo‘lishi kerak”, degan bayonotiga izoh sifatida bildirgan.

Undan oldinroq esa Polsha Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mudofaasini kuchaytirayotgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Polsha mudofaa byudjetini so‘nggi ikki yil ichida 2022 yilga nisbatan uch baravarga oshirgan. Mamlakat raketa va artilleriya tizimlari kabi qurol-aslaha xaridlarini ham ko‘paytirgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

NATO Rossiya Aleksandr Vuchich Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing