Saida Mirziyoyeva Rossiya Bosh vaziri bilan uchrashdi
Jamiyat
−
17 iyun 3516 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlagan.
Hozirgi kunda biznes, infratuzilma va madaniyat sohalarida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Shuningdek, yaqin kunlarda hukumatlararo komissiya hamda hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va barcha yo‘nalishlardagi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Toshkent investitsiya forumi doirasida AQSH Eksimbanki prezidenti Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan sanoat va moliya sohasidagi loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilgandi.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun