Sarkozi qamoqxonadan uyiga qaytdi
Olam
−
10 noyabr 4173 1 daqiqa
Avvalroq, Parij appelyatsiya sudi prokurorning taklifi bilan Fransiyaning 5 yilga qamalgan sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini qamoqdan ozod qilish haqida qaror qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Sarkozi sud qaroridan so‘ng qamoqxonani tark etgan va o‘z uyiga borgan. Bu haqda BMFTV xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, Fransiya sobiq prezidenti Parijdagi La-Sante qamoqxonasidan sud nazorati ostida ozod etilgach, uning mashinasi Parijning 16-okrugidagi uyiga yetib borgan.
“Sobiq Respublika prezidenti (Sarkozi) o‘z uyiga yetib keldi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 oktyabr kuni Sarkozi 2007 yilgi saylov kampaniyasining Liviya tomonidan noqonuniy moliyalashtirilgani ishi bo‘yicha Parijdagi qamoqxonaga joylashtirilgan edi. U qamoqqa olinishi oldidan bergan so‘nggi bayonotida “panjara ortiga sobiq prezidentni emas, balki aybsiz odamni qamashyapti”, degan.
Bugun, 10 noyabr kuni Parij apellyatsiya sudi Fransiya sobiq prezidentining advokatlari tomonidan bildirilgan iltimosni hamda prokuratura vakilining taklifini qanoatlantirib, uni qamoqdan ozod qilish va sud nazorati ostiga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Shartlarga ko‘ra, u Fransiya hududini tark eta olmaydi. Sud, shuningdek, uning avvalgi qamoqqa olinishi asossiz bo‘lganini qayd etgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr