Aktrisa Yulduz Rajabova turkiyalik Emre Kiviljimga turmushga chiqdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 15 may kuni “Mendirman Jaloliddin” serialidagi asosiy rollarni ijro etgan o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kiviljimning kutilgan to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda juftlikning to‘y fotosuratlari va videolari keng tarqaldi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida kelin-kuyovni baxtli kuni bilan shaxsan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tabrikladi.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” qo‘shig‘ini kuylagani ham aks etgan. Chunki yulduzli juftlikning sevgi qissasi aynan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali orqali boshlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Yulduz Rajabova va Emre Kiviljim 2020 yilda serialni suratga olish jarayonida tanishgan. Emre serialda bosh qahramon – Jaloliddin obrazini gavdalantirgan bo‘lsa, Yulduz uning sevgilisi Qutlibeka ro‘lini ijro etgan. Serial namoyishidan so‘ng shou-biznes olamida ular o‘rtasidagi iliq munosabatlar haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etish joiz, juftlik joriy yilning 17 fevral kuni Istanbulda nikohdan o‘tgan. Katta to‘y marosimi esa Toshkentda o‘tkazilishi avvaldan aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yulduz Rajabova Serialdagi muhabbat Emre Kiviljim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing