Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an qo‘shma bayonot imzoladi
Jamiyat
−
29 yanvar 3823 2 daqiqa
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qo‘shma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bundan tashqari, ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolangan. Xususan:
- sog‘liqni saqlash, ta’lim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
- iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida;
- konchilik sanoatida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida;
- xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida;
- maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- yadro xavfsizligi, jisman himoya qilish, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almashinuvi to‘g‘risida;
- migratsiyaga ko‘maklashish va fuqarolarni o‘z mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy ta’lim kengashi o‘rtasida bayonnoma;
- Madaniyat sohasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi