Surxondaryoda odamlarga “prava” olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Q.D. (muqaddam sudlangan) 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali “V., S.” toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 17,3 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo prava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing