Toshkent viloyatida bog‘cha opa yosh bolani kaltakladi (video)
3-sahifa
−
13 yanvar 4977 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qibray tumanidagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti” deb ko‘rsatilayotgan muassasada tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unda ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holatni aniqlash va o‘rganish maqsadida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzilgan.
Boshqarma o‘rganish natijalari bo‘yicha jamoatchilikka batafsil ma’lumot beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalardan birida bolalardan dadasining hidi qanaqa ekanini so‘ragan tarbiyachiga “hayfsan” jazo chorasi qo‘llangandi.
Live
Barchasi