Toshkent viloyatida tillani jinsiy a’zosiga yashirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
15 aprel 7999 1 daqiqa
Toshkent viloyatining “Navoiy” va “Oybek” chegara bojxona postlarida zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, “Navoiy” chegara bojxona postida piyoda sifatida kirib kelgan fuqarolardan biri inson tana a’zolarini skanerlovchi qurilma ko‘magida ko‘zdan kechirilganda, oyoqlarining boldir qismiga 190 gr og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini bog‘lab olib kirishga uringani aniqlangan.
Shuningdek, “Oybek” chegara bojxona postida ham yo‘lovchi “body scanner” qurilmasi ko‘magida tekshirilganda o‘zidan “jonli konteyner” sifatida foydalanib, ichki a’zolariga salkam 181 gr tilla taqinchoqlarni yashirgani ma’lum bo‘lgan. Xabar berilishicha, ushbu postda kuzatilgan yana bir holatda yo‘lovchilardan biri salkam 58 gr zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Har uchala holatda aniqlangan zargarlik buyumlarining jami qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 525 mln so‘mni tashkil qilgan. Hozirda barcha holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 mart kuni Farg‘ona va Andijonda yashirincha olib o‘tilayotgan 700 mln so‘mlik tilla aniqlangandi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi