Toshkentda Hayit kuni avtobuslar ham bir soat oldin ish boshlaydi

Jamiyat

image

Ramazon hayiti kuni Toshkent avtobuslari soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, bayram kunlari avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • 2024 yil 10 aprel, chorshanba – Ramazon hayiti kuni yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarda ish boshlash vaqti soat 4:00 dan;
  • 11 aprel, payshanba va 12 aprel, juma – qo‘shimcha dam olish kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 13 aprel, shanba – ish kuni ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 14 aprel, yakshanba – dam olish kuni yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayiti kunida Toshkent metrosi poyezdlari odatdagidan barvaqtroq ish boshlashi ma’lum qilingandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Hayit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made