Toshkentda 22 dona jangovar o‘qlarni sotayotgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 22 dona o‘q-dorini 1300 dollarga sotishga uringan 24 yoshli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida 2001 yilda tug‘ilgan shaxs xaridorga 1300 AQSH dollar evaziga 22 dona kalibri 5x45 millimetr bo‘lgan jangovor o‘qlarni sotgan vaqtda ushlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu fuqaro avval Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismda portlatuvchi haydovchi bo‘lib ishlagan. Olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida o‘q-dorilarni avval o‘zi bilan ishlagan harbiy xodimdan 10 mln so‘mga sotib olgani ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi bojxona postiga kirib kelgan fuqaroning mashinasidan 11 dona travmatik to‘pponcha patronlari topilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'q-dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing