Toshkentda 618 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxona aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan “Qibraytumangaz” bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.O.” MCHJ mas’ul shaxslari korxonaning Qibray tumanida joylashgan issiqxonada 412,2 ming kubometr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh bo‘lgan. U davlat va jamiyat manfaatlariga 618,4 mln so‘m zarar yetkazgani aytilmoqda.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida davlatga 16 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan maynerlar aniqlangandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz Toshkent Ohangaron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made