Toshkentda xonadon yonib ketdi
3-sahifa
−
09:15 1887 1 daqiqa
Kecha, 15 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 11:09 da tumanning Oqtepa 6-tor ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:19 da yetib borib, yong‘in soat 11:57 qurshab olingan hamda soat 12:16 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi