Toshkentda “ko‘cha reshalalari” paydo bo‘ldimi? (video)
3-sahifa
−
15 Oktabr 16676 1 daqiqa
Bugun, 15 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ofislardan birida bir nechta shaxslar boshqa fuqarolarga kuch ishlatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, videoda aks etgan holat Yunusobod tumanidagi “Giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarni davolash”ga ixtisoslashgan xususiy klinikada joriy yilning yanvar oyida ro‘y bergani aniqlangan. Videoda klinikaga davolanish uchun keltirilgan bemorlarning agressiv harakatlari va bemorlarni tinchlashtirishga uringan xodimlarning harakatlari aks etgan.
“Muhokamalarga sabab bo‘layotgan “ko‘cha bezorilari” kabi vajlar xaqiqatdan yiroq. Ushbu holat yuzasidan fuqarolar va ularning yaqinlari tomonidan ilgari IIOga ariza bilan murojaat qilinmagan”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, hozirda Toshkent shahar IIBB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Jarayon Ichki ishlar vaziri tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida uch shaxs ukasini urgani uchun boshqa bir erkakni vahshiylarcha kaltaklagandi.
Live
Barchasi