Toshkentda Matiz’ga qasddan shikast yetkazgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs tomonidan Matiz rusumli avtomashinaga shikast yetkazilgani aks etgan foto va videolar tarqalib, keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy ma’lumot berildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumani 13 mavze hududida 1999 yilda tug‘ilgan B.G. mast holatda bo‘lgan vaqtida 1954 yilda tug‘ilgan O.R. ga tegishli Matiz rusumli avtomashinaga qasddan shikast yetkazgan. Holat bo‘yicha zudlik bilan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi B.G. qo‘lga olingan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv jarayoni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda yerosti yo‘lidan o‘tayotgan qizning 500 dollarlik telefonini olib qochgan yigit ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod Matiz shikast

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing