Toshkentda sumalak sexi qariyb 2,5 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi
3-sahifa
−
03 aprel 4761 1 daqiqa
Toshkent shahrida 2,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur xodimlar ishtirokida Toshkent shahar Olmazor tumanida o‘tkazilgan reyd vaqtida qonunbuzilish holati fosh etilgan.
Tumanning “Guzarboshi” MFY Hurriyat ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.O‘. o‘z yashash manzilida sumalak tayyorlash sexi tashkil qilib, tarmoqqa rezina shlang orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 442 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Jomboy tumanida 6,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi aniqlangandi.
Live
Barchasi