Toshkentda tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
07 mart 4501 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yashnobod tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 5 ming AQSH dollarini olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi turar joy xonadonini noturar joy toifasiga o‘tkazishga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berishni va’da bergan. Tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida hokim yordamchisi fuqaroning ishini Yashnobod tuman hokimiyati bo‘linma rahbari ko‘magida hal qilishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirilgan va ushbu mansabdor shaxs 600 AQSH dollarini olgan paytda ushlangan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28-211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi 100 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi