Toshkentda ZIL yuki bilan birga ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
06 yanvar 2913 1 daqiqa
Bugun, 6 yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida ZIL yuki bilan birga ag‘darilib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:45 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida ZIL, Voyah, Nexia-3 rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ichida 47 yo‘lovchisi bor avtobus ag‘darilib ketgandi va oqibatda 2 kishi vafot etgan edi.
Live
Barchasi