Toshkentdagi metroda ayol poyezd yo‘liga tushib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 may kuni soat 21:35 atrofida G‘afur G‘ulom bekatiga kirib kelayotgan 40-sonli harakat tarkibi yo‘liga ehtiyotsizlik oqibatida ayol kishi tushib ketdi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holatda mashinist tomonidan tezkor va aniq harakat qilingan, harakat tarkibi zudlik bilan to‘xtatilgan hamda xavfsizlik choralariga to‘liq rioya etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro jiddiy tan jarohati olmagan holda, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rik uchun olib ketilgan.

Hodisa metro harakati jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan, hozirgi vaqtda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliteni G'afur G'ulom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing