Toshkentdan Turkiyaga fohishalik uchun ketayotgan ayol to‘xtatib qolindi

3-sahifa

image

Toshkentdan Turkiyaga aldanib, fohishalik uchun ketayotgan ayol to‘xtatib qolindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan, hozirda Turkiyaning Izmir shahrida yashovchi ayol Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol bilan tanishib, uni Turkiyada yaxshi daromad topishga ishontirib, aldagan. U ayolni Izmir shahriga borishga ko‘ndirib, unga aviabilet ham yuborgan.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs jabrlanuvchidan shahvoniy maqsadlarda foydalanishni ko‘zlagan. Toshkent-Istanbul-Izmir yo‘nalishi bo‘yicha uchishi rejalashtirilgan ayol huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining tezkor harakatlari natijasida Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan zarur protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Manisa viloyati Solihli tumanida fohishaxona tashkil qilgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik odam savdosi Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing