Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 3 aprel kuni Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila soat 15:26 da sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 269 km janubi-sharqda joylashgan. Magnituda: 5,5. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: Tojikiston. Koordinatalari: 39,27 daraja shimoliy kenglik, 71,01 daraja sharqiy uzunlik. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida 3 ball, 140 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 200 km.
  • Andijon viloyatida 2 ball, 203 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 234 km.
  • Toshkent viloyatida 2 ball, 257 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 269 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan 4,2 magnitudali zilzila O‘zbekistonda sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing